Xorazm viloyatida 2019-2023- yillarning yanvar-sentabr oylari davomida jami 20 648 ta kichik korxona va mikrofirma yangidan tashkil etildi.
Yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar sohalar kesimida tahlil qilinganda, eng ko‘p yangi subyektlar savdo sohasi hissasiga to‘g‘ri kelgan va 7 458 tani yoki umumiy jamiga nisbatan 36,1 %ni tashkil qilgan.
So‘nggi 5 yilda yangidan tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalarning faoliyat turlari kesimidagi jami soni:
xizmatlar sohasida – 4 553 ta (yoki 22,1 %)
sanoat sohasida - 4 281 ta (20,7 %)
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 3 256 ta (15,8 %)
qurilish sohasida – 1 100 ta (5,3 %).
Axborot xizmati