13/11/2023

2023- yilning yanvar-sentabrida viloyatimizda 11174,9 mlrd so‘mlik chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 102,5 %ni, jami qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibidagi ulushi 60,2 %ni tashkil qilgan.

Chorvachilik mahsulotlari tarkibida eng katta ulush Urganch (13,4 %), Qoʻshkoʻpir (10,8 %), Hazorasp (10,6 %) va Gurlan (9,4 %) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Eng yuqori o‘sish sur’ati Qoʻshkoʻpir  tumanida qayd etilgan va 110,1 %ni tashkil qilgan.

 

 

Axborot xizmati