10/11/2023

Xorazm viloyatining barcha shahar va tumanlarida mahallalar kesimida ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.


Hududiy statistika bo‘limlari xodimlari uy-joylarning joylashuvi, raqamlanganligi, ko‘cha nomlari belgilarining qo‘yilganligini o‘rganish ishlarini yakuniga etkazib, olingan ma’lumotlar asosida hisobotlarni boshqarmaning Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil qilish va o‘tkazish bo‘limiga taqdim etmoqda. Bu o‘z navbatida viloyatda olib borilayotgan tayyorgarlik jarayonini umumiy monitoring qilish va galdagi ishlarni belgilab olish imkonini yaratadi.


Axborot xizmati