Joriy yilning 10- noyabr kuni viloyat statistika boshqarmasida xodimlarga huquqiy axborotni etkazish va targ‘ibot qilishga bag‘ishlangan seminar tashkil etilgan.
Bu galgi tadbirda boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi xususida zarur ma’lumotlar bilan tanishtirib o‘tdi.
2022- yilning 28- oktabrida qabul qilingan mazkur normativ-huquqiy hujjat 7 bo‘lim, 34 bob va 581 moddadan iborat bo‘lib, xodimlar, ish beruvchilar va davlat manfaatlarining muvozanatini ta’minlash hamda ularni muvofiqlashtirish asosida yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish uchun xizmat qiladi.
Axborot xizmati