Joriy yilning 9 oyida viloyatimizda dehqon va shaxsiy (yordamchi) xoʻjaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi 13 471,2 mlrd soʻmni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich qishloq xoʻjaligi mahsulotlari umumiy hajmining 72,6 %iga teng bo‘lgan.
Hisobot davrida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarining ulushi
sog‘ib olingan sut — 94,8 %
go‘sht (tirik vaznda) — 87,9 %
qirqib olingan jun — 87,8 %
sabzavotlar — 85,8 %
tuxum — 72,3 %
Axborot xizmati