09/11/2023

Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari X.Egamov bugun, 9- noyabr kuni Xonqa tumanidagi “Gulg‘uncha” mahallasidan tanlanma kuzatuvga tushgan Z.Bozorova xonadonida uy xo‘jaliklari kuzatuvini o‘tkazish jarayonida ishtirok etdi.


So‘rovnoma shaklida o‘tkazilgan o‘rganish ishlari davomida respondentdan olingan ma’lumotlarni boshqarmaning Turmush darajasi statistikasi va uy xo'jaliklari kuzatuvlari bo‘limi bosh mutaxassisi N.Abdullayeva qayd etib bordi.
Statistika idoralari tomonidan ijtimoiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish maqsadida o‘tkaziladigan mazkur kuzatuvlar uy xo‘jaliklari turmush tarzi darajasini tahlil qilish uchun doimiy va ishonchli ma’lumotlar manbasi bo‘lib xizmat qiladi.



Axborot xizmati