2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Shovot tumanida 553,4 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra eng yuqori hajm quyidagi sanoat tarmoqlari hissasiga to‘g‘ri kelgan:
to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish – 387,3 mlrd so‘m
oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish – 98,1 mlrd so‘m
boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish – 24,6 mlrd so‘m
kiyim ishlab chiqarish – 22,6 mlrd so‘m
mashina va uskunalardan tashqari tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish – 4,4 mlrd so‘m.
Shovot tumanida sanoat ishlab chiqarishining 82,5 %i yirik korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Axborot xizmati