09/11/2023

2023- yilning yanvar-sentabr oylarida Tuproqqal’a tumanida ishlab chiqarilgan qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 468,1 mlrd so‘mni tashkil etib, 100% ulush kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati 107,6 % darajada qayd etilgan.

Ishlab chiqarish tarkibida dehqonchilik mahsulotlari hajmi 194,2 mlrd so‘mni (o‘sish 37,1 %), chorvachilik mahsulotlari 256,3 mlrd so‘mni (0,3 %) tashkil qilgan.

 

 

Axborot xizmati