Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 44,7 mlrd AQSH dollaridan oshgan.
Tashqi savdo aylanmasi hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 22,1 % ga oshgan.
Eksport – 17,7 mlrd
Import – 27,0 mlrd
TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (21,1 %), Rossiya (15,7 %), Qozog‘iston (7,2 %), Turkiya (5,3 %) va Koreya Respublikasida (3,8 %) qayd etilgan.
O‘zbekiston 2023- yilning yanvar-sentabr oylarida jahonning 193 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.
Matbuot xizmati