Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 831 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 1,3 mln tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.
Bu ko‘rsatgich 2022- yilning mos davriga nisbatan 1,1 barobarga yoki 99,5 ming tonnaga ko‘paygan.
Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (41,9 %), Pokiston (15,1 %), Qozog‘iston (12,2 %) hamda Xitoy (8,4 %) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Matbuot xizmati