2023- yilning yanvar-sentabrida viloyat bo‘yicha kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) importining hajmi 163,2 mln AQSH dollarini yoki jami importning 37,5 % ini tashkil etdi.
Import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22,2 %ga ko‘paygan.
2018-2023- yillar (yanvar-sentabr oylari) kesimida import hajmining o‘zgarish dinamikasi:
2018- yil – 101,8 mln dollar
2019- yil – 217,3 mln dollar
2020- yil – 144,2 mln dollar
2021- yil – 155,7 mln dollar
2022- yil – 133,6 mln dollar
2023- yil – 163,2 mln dollar.
Axborot xizmati