Xiva tumanida 2023- yilning yanvar-sentabr oylarida 16,5 ming tonna meva va rezavorlar yetishtirilgan.
Bu viloyat bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichdir.
2022- yilning 9 oyi bilan taqqoslaganda, tumanda meva va rezavorlar yetishtirish hajmi 174,0 tonnaga ko‘paygan.
Tumanda yetishtirilgan ushbu mahsulot turining 23,8 % fermer xo‘jaliklari, 76,1 % shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari, 0,1 % qishloq xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Axborot xizmati