2023- yilning 9 oyida viloyat bo‘yicha barcha xo‘jalik toifalari tomonidan 129 820 tonna kartoshka yetishtirilgan.
Hosilning 97626 tonnasi yoki umumiy yetishtirish hajmidan 75,2 %i dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida qayd etildi.
Hududlar o‘rtasida kartoshka yetishtirish tarkibining asosiy qismini Urganch va Xonqa tumanlari egallab, ularning ulushi mos ravishda 15,1 % va 13,3 %ni tashkil qilgan.
Axborot xizmati