07/11/2023

2023- yilning 7-noyabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida viloyat hududlarida joriy yilning 3-choragida oʻtkazilgan 4 xizmat (JSH) va 4 TR (YATT) kuzatuvlarining natijalari muhokamasiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Unda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari U.Bardiyev, Xizmatlar statistikasi bo‘limi boshlig‘i M.Egamov, hududiy statistika bo‘limlarining mazkur kuzatuv uchun mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.



Seminarda koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi boʻyicha kuzatuv natijasida olingan yakuniy maʻlumotlar tahlil qilinib, kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirildi hamda hududiy statistika boʻlimlarining masʻul xodimlariga 2023-yil 4-choragida rejalashtirilgan shu turdagi kuzatuvlarni sifatli tashkil etilishi yuzasidan tegishli topshiriq va yo‘l-yo‘riqlar berildi.



Axborot xizmati