2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Xorazm viloyati xorijga qiymati 80,6 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan sanoat tovarlarini eksport qilgan.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan eksport hajmining o‘sish sur’ati 93,6 %ni tashkil qilgan (6,4 % kamaygan).
Viloyat eksportida sanoat tovarlarining ulushi 35,6 %ni tashkil etgan.
Sanoat tovarlari eksporti hajmida eng yuqori ulush to'qimachilik iplari, matolar, tayyor mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 87,0 %ni yoki 70,1 mln dollarni tashkil qilgan.
Axborot xizmati