Shu yilning yanvar-sentabr oylarida viloyat bo‘yicha FHDYO organlarida 1 868 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan bo‘lib, 2022- yilning 9 oyi yakunlari bilan solishtirilganda ularning soni 357 taga (23,6 %ga) oshgan.
Har 1000 aholiga nikohdan ajralishlar koeffitsiyenti 1,3 promilleni tashkil etgan.
Hududlar ichida eng ko‘p nikohdan ajralish holatlari Urganch shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan va 256 tani tashkil qilgan.
Axborot xizmati