Viloyat bo‘yicha 2023- yilning yanvar-sentabr oylarida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1 609,1 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 101,8 % ni tashkil etdi.
12 bozor va 12 bozor (chorva) (oylik) kuzatuvlari ma‘lumotlariga asosan uyushmagan savdo tarkibida dehqon bozorlarda savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning uy xo‘jaliklarida yetishtirgan mahsulotlarini sotish hajmi 738,2 mlrd so‘mni (100,2 %), chorva mollari va parrandalar sotuvchi jismoniy shaxslarning savdo aylanmasi hajmi 870,9 mlrd so‘mni tashkil etgan (103,3 %).
Axborot xizmati