24/10/2023

Xorazm viloyatining barcha shahar va tumanlarida mahallalar kesimida  ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlik  ko‘rilmoqda.

   Viloyat statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi  tomonidan hududiy statistika bo‘limlari xodimlariga  uy-joylarning joylashuvi,  raqamlanganligi, har bir kuzatuv natijalarini xaritalarga qayd etilganini monitoring qilish   yuzasidan aniq topshiriqlar berib borilmoqda va shu asosda qayta o‘rganishlar olib borilmoqda.

Suratlarda: viloyatning Xonqa, Qo‘shko‘pir tumanlari va Xiva shahrida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.


Axborot xizmati