2023- yilning 1- oktabr holatiga viloyatimizning qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 2 762 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan.
Soha korxonalari tarkibida dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va bu sohalarda xizmat ko‘rsatishda – 2 519 ta,baliq ovlash va akvakultura yo‘nalishida – 236 ta, o‘rmonchilik va yog‘och tayyorlash bo‘yicha – 7 ta korxona faoliyat ko‘rsatgan.
Hududlar kesimida eng ko‘p qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi korxonasi Gurlan (405 ta), Urganch (333 ta), Qo‘shko‘pir (303 ta) va Xonqa tumanlarida (300 ta) faoliyat yuritgan.
Axborot xizmati