20/10/2023

Shu yilning 20- oktabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida O‘zbek tili bayrami munosabati bilan xodimlar ishtirokida seminar tashkil etildi.

Tadbirda boshqarmaning davlat tilida ish yuritish bo‘yicha mas’ul mutaxassisi N.Samandarova  1989- yilning 21- oktabrida qabul qilingan “Davlat tili to‘g‘risida”gi hamda “Lotin tiliga asoslangan oʻzbek alifbosini tuzish toʻgʻrisida”gi  O‘zbekiston Respublikasi (1993-yil 2-sentabr ) qonunlarining qabul qilinishi bilan  mamlakatimizda amalga oshirilayotgan  til sohasidagi islohotlarning yo‘nalishlari yuzasidan ma’lumotlar berib o‘tdi.

Boshqarmada lotin yozuviga asoslangan o‘zbek tilida ish yuritish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, xodimlar o‘rtasida davlat tilida ish yuritish qoidalar bo‘yicha ko‘nikma va malaka oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar  yuzasidan fiurlar bildirildi.

Shu bilan bir qatorda  seminarda millatning kelajagi tilning taraqqiyoti va kelajagi  bilan bevosita bog‘liqligiga alohida to‘xtalib, jahon tillarining tarkibi va holatiga doir so‘nggi statistik axborotlar keltirildi.

 

Axborot xizmati