Bugun, 20- oktabr sanasida Xorazm viloyati statistika boshqarmasida “Huquqiy targ‘ibot” tadbiri doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “ Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining targ‘ibotiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov ishtirokchilarga joriy yilning 14- sentabrida qabul qilingan mazkur qarorning maqsad va vazifalari xususida to‘xtalib, ushbu me’yoriy-huquqiy hujjat 2023- yilning 18- avgustida Prezidentning tadbirkorlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilganini tushuntirib o‘tdi. Shuningdek, “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi va shu asosda tashkil etilishi belgilangan “Kichik biznesga ko‘maklashish markazlari”ning faoliyat yo‘nalishlari xususida ma’lumotlar berildi.
Axborot xizmati