19/10/2023

2023- yilning yanvar-avgust oylarida Yangibozor tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi 30,1 mln AQSH dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 2,6 martaga ko‘paygan.

Shundan:

eksport – 20,0 mln dollar (2,4 marta ko‘paygan)

import – 10,1 mln dollar (3,2 marta ko‘paygan).

Tuman TSAsi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari yuqori ulushga ega bo‘lib, joriy yilning 8 oyida 11,8 mln dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari eksport qilingan bo‘lsa (jami eksportning 59,1 %), ushbu mahsulot importi 8,0 mln dollar (importning 79,1 %i)ni tashkil qilgan.


Axborot xizmati