19/10/2023

Viloyatimiz hududlaridagi statistika bo‘limi xodimlari tomonidan mahallalar kesimida xaritalar asosidagi o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Shu yilning 19- oktabr kuni  Gurlan tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Q.O‘rozmetov tumandagi “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida raqamlanmagan uylarni aniqlash, turar va noturar obyektlarning joylashuvida o‘zgarishlar aniqlangan taqdirda, ularni kartografik chizmalarga qayd etish kabi ishlarni olib bordi. Bu tadbirlar bevosita mazkur mahalla fuqarolar yig‘ini faollari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

 

Axborot xizmati