18/10/2023

2023- yilning 18- oktabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o'rinbosari X.Egamov Yangiariq tumanining "Kattabog' " mahallasida uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvini o‘tkazish jarayonlarida ishtirok etdi.
So‘rovnoma shaklida o‘tkazilgan o‘rganish ishlari davomida respondentdan olingan ma’lumotlarni boshqarmaning Turmush darajasi statistikasi va uy xo'jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassisi N.Ro'zmetova tomonidan qayd etib borildi.


Ijtimoiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganishga qaratilgan mazkur kuzatuvlar uy xo‘jaliklari turmush tarzi holatini tahlil qilish uchun doimiy va ishonchli ma’lumotlar manbasi bo‘lib xizmat qiladi.



Axborot xizmati