16/10/2023

Joriy yilning 13- oktabr sanasida Xorazm viloyati statistika boshqarmasida “Huquqiy targ‘ibot” tadbiri doirasida sentyabr oyida mamlakatimizda qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar targ‘ibotiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

   Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov ishtirokchilarga qabul qilingan qarorlarning yo‘nalishlari, asosiy mazmun va mohiyati haqida batafsil ma’lumotlarni taqdim etdi.

Xususan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston - 2030» strategiyasini 2023- yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi (11.09.2023- yildagi PQ-300-sonli) Qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Yashil” iste’mol krediti bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi (2023-yilning 29-sentabridagi 517-sonli) Qarorining
qabul qilinishi bilan amaliyotga joriy etilayotgan yangiliklar  tanishtirildi.

 

Axborot xizmati