13/10/2023

Viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida hududiy statistika bo‘limlari xodimlari tomonidan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ishlari izchil olib borilmoqda. Bu avvalo mahalla fuqarolar yig‘inlari kesimida, joyiga chiqqan holda, har bitta  mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni aniqlash,  raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi hamda mahallada mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish tadbirlarida o‘z ifodasini topmoqda.

Mahalla faollari bilan hamkorlikda olib borilayotgan bu kabi ishlar  ro‘yxatga olish jarayonini sifatli  tashkil etish uchun zamin yaratadi.

 

Axborot xizmati