13/10/2023

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda joriy yilning 1-oktabr holatiga sanoat sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni 109 527 tani tashkil etgan.


Bu ko‘rsatkich 2022- yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,7 %ga oshgan.
So‘nggi yillarning mos davrida ushbu sohada ro‘yxatdan o‘tgan korxonalarning dinamikasi quyidagicha:

2019- yilda – 71 670 ta
2020- yilda – 85 278 ta
2021- yilda – 99 034 ta
2022- yilda – 103 575 ta
2023- yilda – 109 527 ta.

 

 

Matbuot xizmati