13/10/2023

2023- yilning yanvar-avgust oylarida  Urganch tumanida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 621,9 mlrd so‘mni tashkil etgan.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan ushbu hajm 6,9 %ga oshgan.

Xizmatlar jami hajmida eng yuqori hajm savdo xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 193,4 mlrd so‘mni (31,1 %ni) tashkil  etgan.

Ma’lumot uchun: Xorazm viloyatida hisobot davrida 1853,6 mlrd so‘mlik savdo xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, Urganch tumanining ulushi 33,6 %ga teng bo‘lgan.

 

 

Axborot xizmati