Xorazm viloyatining barcha hududlarida narx kuzatuvlari davom etmoqda.2023- yilning 10- oktabr kuni ana shunday kuzatuvlardan biri viloyatning Xonqa tumanida o‘tkazildi.
5 narx (o‘rtacha) haftalik kuzatuvida viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari X. Egamov ishtirok etib, narx kuzatuvi jarayonida hududiy statistika bo‘limi boshlig'iga sotilayotgan mahsulotlarning minimal, maksimal hamda o‘rtacha narx ko‘rsatkichlarini kuzatish va planshetlarga qayd etish davomida narxlarning shaffofligiga asosiy e’tiborni qaratishga doir zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.
Axborot xizmati