2023- yilning yanvar-avgust oylarida viloyatimiz xorijiy davlatlarga umumiy eksportning 24,1 % ini tashkil qilgan 50,4 mln AQSH dollarilik to‘qimachilik mahsulotlari eksportini amalga oshirdi.
Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor trikotaj va tikuvchilik kiyimlari hajmi 20,5 mln dollarni, paxtadan gazlamalar – 13,4 mln dollarni, ipak va ipak mahsulotlari – 6,2 mln dollarni, gilamlar – 3,0 mln dollarni, paxta mahsulotlari – 2,7 mln dollarni, boshqa to‘qimachilik mahsulotlari - 4,6 mln dollarni tashkil etgan.
Axborot xizmati