2023- yilning yanvar-avgust oylarida Xorazm viloyati import tarkibida mashinalar va transport asbob-uskunalari hajmi 160,8 mln AQSH dollarini tashkil etib, 2022- yilning shu davriga nisbatan 22,5 %ga yoki 29,9 mln dollarga ko‘paydi.
Importning umumiy hajmida mahsulotning ulushi 41,7 %ga yetdi.
Xorazm viloyatiga mashina va transport asbob-uskunalari importida yuqori hajmga ega davlatlar:
XXR — 63,6 mln dollar (39,6 %)
Turkiya — 27,2 mln dollar (16,7 %)
Germaniya - 23,3 mln dollar (14,3 %).
Axborot xizmati