29/09/2023

2023- yilning yanvar-avgust oylarida Yangibozor tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 213,5 mlrd so‘mga teng bo‘lgan.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan savdo hajmi 9,4 %ga oshgan.

Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning savdo aylanmasi 8,1 mlrd so‘mni, kichik korxona va mikrofirmalar savdosi – 163,8 mlrd so‘mni, uyushmagan savdo aylanmasi – 41,6 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

Joriy yilning 1- sentabr holatiga tumanda 511 ta kichik biznes subyekti chakana savdo sohasida faoliyat yuritgan.


Axborot xizmati