29/09/2023

2023- yilning dastlabki 8 oyi yakunlariga ko‘ra, Xiva tumanida mavjud sanoat korxonalari tomonidan 256,5 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Shundan 56,1 mlrd so‘mi (21,9 %i)ni iste’mol tovarlari tashkil qilgan.

Ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlarining tarkibida:

oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish – 43,3 mlrd so‘mni (umumiy hajmning 77,2 %i),

nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish – 12,8 mlrd so‘mni (22,8 %) tashkil qilgan.

 

Axborot xizmati