28/09/2023

Joriy yilning  sentabr oyining oxirgi o‘n kunligida viloyatimizda savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini o‘rganuvchi  tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi.
25-27- sentabr kunlari shu kabi kuzatuvlarda  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi  Statistika agentligi  Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdoning statistik kuzatuvlari bo‘limi bosh mutaxassisi M.Begimqulov, viloyat statistika boshqarmasi  Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi  R.Buxarbayevlar ishtirok etishdi.

Mazkur tanlanma kuzatuvi oziq-ovqat, nooziq-ovqat mahsulotlari, avtomobillarning ehtiyot qismlari hamda o‘tirish joyi tashkil qilmasdan ovqatlanish mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning faoliyatini o‘rganishga yo‘naltirilgan.



Axborot xizmati