28/09/2023

Xorazm viloyati statistika boshqarmasida  shu yilning 27- sentabr kuni “Biz korrupsiyaga qarshimiz!” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Urganch shahar boʻlim boshligʻi N.Avazov ishhtirokida seminar tashkil etildi.

Seminarda boshqarma boshlig‘i A.O‘tamuratov, tarmoq bo‘lim boshliqlari va xodimlar qatnashdilar.

“Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining ijrosi yuzasidan viloyatimizda, xususan, Urganch shahrida amalga oshirilayotgan  profilaktika ishlari yuzasidan ma’lumot berar ekan, N. Avazov korrupsiyaga qarshi kurashishda huquqiy savodxonlikning ahamiyati, har qanday salbiy oqibatlarga olib keluvchi hatti-harakatlarga nisbatan murosasiz bo‘lish lozimligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

 

Axborot xizmati