28/09/2023

Joriy yilning  1- sentabr holatiga  Urganch tumanida 2 885 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan bo‘lib, ularning 2 610 tasini kichik biznes subyektlari tashkil qilgan.

2022- yilning 1- sentabriga nisbatan tumanda kichik korxona va mikrofirmalar soni 11,1 %ga oshgan.

Urganch tumanida eng ko‘p kichik biznes subyektlari faoliyat yuritayotgan sohalar:

savdo – 1 009 ta

sanoat – 442 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 322 ta

qurilish – 215 ta

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 165 ta.

 

Axborot xizmati