2023- yilning yanvar- avgust oylarida viloyatimizda norasmiy sektor tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 1062,9 mlrd so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,9 %ga oshdi.
Qurilish ishlari umumiy hajmida norasmiy sektor 32,2 % ulushga ega bo‘lgan.
Hisobot davrida norasmiy sektor tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi:
yangi turar-joylar qurilishi – 736,7 mlrd so‘m
yangi noturar-joylar qurilishi – 233,3 mlrd so‘m
turar-joylarni ta’mirlash ishlari - 92,9 mlrd so‘m.
Axborot xizmati