28/09/2023

Barcha joylarda bo‘lgani kabi viloyatimizning Urganch tumanida ham ro‘yxatga olishga tayyorgarlik reja asosida olib borilmoqda.
Shu yilning 28- sentabr kuni tuman statistika bo‘limi bosh mutaxassisi K.Otaniyozov tumandagi “Hilol” va “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘rganish ishlarini o‘tkazdi.
Registratorlar tomonidan aniqlangan raqamlanmagan uylar, joyiga chiqqan holda, monitoring qilindi va natijalari mahalla xaritalariga qayd etildi.

O‘z navbatida mazkur mahallalar mas’ullari bilan barcha xonadonlarga ko‘cha nomi belgilarini o‘rnatish, turar-joylarni raqamlashtirish ishlarini amalga oshirish yuzasidan hamkorlikdagi ishlar xususidagi vazifalar kelishib olindi.



Axborot xizmati