2023- yilning yanvar-avgust oylarida Urganch shahrida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 2825,9 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 8,7 %ga oshgan.
Xizmatlar umumiy hajmining 18,7 %i yoki 527,1 mlrd so‘mi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
O‘tgan yilning yanvar-avgust oylari bilan solishtirilganda ushbu ko‘rsatkichning 3,6 %ga yoki 55,8 mlrd so‘mga oshgani kuzatiladi.
Joriy yilning 1- sentabr holatiga shaharda xizmatlar sohasida faoliyat yuritayotgan 4 893 ta korxona va tashkilotning 3 194 tasini kichik korxona va mikrofirmalar tashkil qilgan.
Axborot xizmati