26/09/2023

2023- yilning yanvar-avgust oylarida  viloyatimiz chakana tovar aylanmasi tarkibida ovqatlanish korxonalari savdo aylanmasining ulushi 2,8 % ni tashkil etib, 206,1 mlrd so‘mga yetdi.

2022- yilning mos davriga nisbatan  savdo hajmi 7,1 % ga ko‘paydi.

Ovqatlanish korxonalari savdo aylanmasining 96,5 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Ma’lumot uchun:  2023- yil 1- sentabr holatiga umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 1 367 tani tashkil etgan.

 

Axborot xizmati