25/09/2023

2023- yilning 22- sentabr kuni kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida Toshkent Tibbiyot akademiyasi Urganch filialida seminar tashkil etildi.

Oliy ta’lim muassasasi talabalari o‘rtasida bo‘lajak tadbirning targ‘ibotiga yo‘naltirilgan ushbu seminarda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari U.Bardiyev hamda  Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi mutaxassislari qatnashdilar.

Seminarda  ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishning asosiy maqsadi, mazmun-mohiyati hamda jarayonni tashkil etishning tartibi xususida ko‘plab ma’lumotlar berib o‘tildi.
Tadbir yakunida talabalarning mavzuga oid savollariga javob berildi.



Axborot xizmati