2023- yilning 1- sentabr holatiga Xorazm viloyatida tashish va saqlash xizmatlari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 1 092 tani tashkil etib, viloyatdagi jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning 4,0 %ini tashkil etdi.
2022- yilning mos davri bilan solishtirganda ushbu sohadagi korxonalar soni 134 taga oshgan (o‘sish sur’ati114,7 %).
Tashish va saqlash xizmatlari korxonalar sonining yo‘nalishlari kesimida o‘sish sur’ati:
quruqlikdagi va quvur transporti yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar - 111,8 %
ombor xo‘jaligi va yordamchi transport yo‘nalishi - 119,1 %
pochta va kuryerlik yo‘nalishi - 2,0 marta
havo transporti yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar - 3,3 marta.
Axborot xizmati