22/09/2023

2023- yil  1- sentabr holatiga Urganch shahrida 4 377 ta tadbirkorlik subyekti faoliyat ko‘rsatgan bo‘lib, ularning 57,9 %i yoki 2 536 tasini mas’uliyati cheklangan jamiyatlari tashkil etgan.

Viloyat bo‘yicha faoliyat yuritayotgan MCHJlar sonida Urganch shahrining ulushi 18,8 %ni tashkil qilgan.

Shuningdek, shaharda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shakliga ko‘ra tarkibida xususiy korxonalar – 1 166 tani, oilaviy korxonalar – 623 tani, boshqalar – 52 tani tashkil etgan.

 

Axborot xizmati