22/09/2023

Bugun, 22- sentabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida “Huquqiy targ‘ibot” tadbiri doirasida mamlakatimizda qabul qilingan yangi me’yoriy-huquqiy hujjatlar targ‘ibotiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov ishtirokchilarga “ O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining (2023- yil 11- sentabr, PF-158 sonli) Farmonining asosiy mazmun va mohiyati, xususan, unda keltirilgan 5 ta asosiy g‘oya va vazifalar
xususida batafsil ma’lumotlarni taqdim etdi.

 

 

Axborot xizmati