2023- yilning 20- sentabridan e’tiboran viloyatimizning barcha hududlarida savdo faoliyati bilan yakka tartibda shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar tomonidan isteʼmol tovarlarini sotilish hajmini o‘rganishga qaratilgan 4 savdo (JSH) tanlanma statistik kuzatuvi o‘tkazilmoqda.
Ushbu kuzatuv bozorlar va boshqa sotuv joylarida jismoniy shaxslarning (aholi) umumiy savdo aylanmasi hajmini hisoblash uchun maʼlumotlarini yig‘ish maqsadida tashkil etiladi.
Suratlarda: hududlarda o‘tkazilayotgan 4 savdo (JSH) tanlanma kuzatuvi jarayonlari.
Axborot xizmati