2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyati bo‘yicha xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 5 876,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 3,6 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 38,6 % ni tashkil etdi.