21/09/2023

2023- yilning yanvar-avgust holatiga viloyatimizda o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 3 691,4 ming so‘mni tashkil etdi.

O‘tgan yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 102,2 % darajada qayd etildi.

Aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi ko‘rsatkichi hududlar kesimida solishtirilganda, eng yuqori hajm Urganch shahri (12 931,8 ming so‘m), Urganch (4 117,3 ming so‘m) va Gurlan (3 806,7 ming so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

 


Axborot xizmati