19/09/2023

2023- yilning  yanvar-iyul oylarida Xonqa tumaniga xorijiy davlatlardan 16,9 mln AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar import qilingan.

2022- yilning mos davriga nisbatan import hajmining 2,2 martaga oshgani qayd etilgan.

Import hajmida mashina va transport asbob-uskunalari (15,2 mln dollar), oziq-ovqat mahsulotlari (0,8 mln dollar) va sanoat tovarlari (0,6 mln dollar) yuqori hajmga ega bo‘lgan.

Umumiy importning 7,1 %i MDH davlatlari, 92,9 %i boshqa xorijiy davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

Axborot xizmati