15/09/2023

Bugun, 15- avgust kuni viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari U.Berdiyev (Xiva shahrida) va boshqarmaning Narx statistikasi bo‘limi boshlig‘i Sh.Bobojonov (Urganch shahrida) tanlanma narx kuzatuvlari dislokatsiyasiga tushgan savdo shaxobchalarida iste’mol narxlari indeksi (INI) kuzatuvini o‘tkazdilar.

Mazkur 12 narx (oylik) kuzatuvi nooziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘zgarishini qiyosiy o‘rganishga qaratilgan.
Kuzatuv davomida hududiy statistika bo‘limlarining narx kuzatuvlari bo‘yicha mas’ullariga sotilayotgan nooziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini iste’mol narx (tarif)larini ro‘yxatga olish so‘rovnomasi asosida aniq, shaffof o‘rganish va qayd etishga oid zarur tavsiya hamda takliflar berildi.



Axborot xizmati