15/09/2023

Statistika agentligi uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2023- yilning yanvar-avgust holatiga O‘zbekistonda 16 yoshgacha bolalari mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklari 74,4 % ni tashkil etgan.

 Shundan:

— bir bolali oilalar – 21,5 %

— ikki bolali oilalar – 27 %

— uch bolali oilalar – 17,9 %

— to‘rt va undan ko‘p bolali oilalar – 8 %

 Kuzatuv natijalariga ko‘ra, 25,6 % uy xo‘jaliklarida 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar mavjud emas.

 

  Matbuot xizmati